Farg‘onada 2ta Nexia va Isuzu to‘qnashdi. 4 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi

Jamiyat 07:50 / 27.12.2019 29566

2019 yilning 26 dekabr kuni soat taxminan 19:30larda Oltiariq tuman hududida “4P112 Farg‘ona-Qo‘qon” halqa yo‘lining 241 km.da 2 ta Nexia rusumli avtomashina va Isuzu rusumli avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, avtobus ichida haydovchi bilan birga jami 9 nafar shaxs bo‘lgan. Aynan avtobus bilan to‘qnashgan Nexia rusumli avtomashina salonidagi 4 nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: