Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

Jamiyat 11:33 / 26.12.2019 4476

O‘zbekistonning Vladivostok shahrida (Rossiya) bosh konsulxonasi 2019 yil 22 dekabr kuni Petropavlovsk-Kamchatka shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi S.R. vafot etganini ma'lum qildi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Uzoq sharq federal okrugi hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Bundan oldin, Irkutskdagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: