CES® 2020 ko‘rgazmasida namoyish etilgan LG Electronics Ultra yangi avlod monitorlari qoyilmaqom dizayn va eng yaxshi xususiyatlari tufayli foydalanish jarayonida taassurotingizni yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Premium toifadagi monitorlar segmentida innovatsiya yetakchilari bo‘lgan 2020 yilning LG UltraFine™, UltraGear™ va UltraWide™ modellari CES Innovation Award marosimida mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
LG UltraFine Ergo 2020 displeyi
CES Innovation Awards mukofotiga loyiq topilgan 32-dyuymli UltraFine Ergo 4K UHD (32UN880 modeli) monitori – bu innovatsion ergonomik yechim bo‘lib, iste'molchilarga alohida qadr-qimmatni hadya etadi. LG Ergo'ning noyob tushunchasi o‘zida uchta asosiy elementlarni mujassamlagan: tasvirning aniqligi, ergonomik dizayn va universal USB-C porti. Ular tufayli betakror unumdorlik, qulay foydalanish va uy yoki ofisda ishlash joyini osonroq sozlash ta'minlanadi. UltraFine 4K UHD Display Ergo monitorlari UltraFine seriyasini mashhur qilgan ajoyib tasvir sifatini meros qilib olgan bo‘lib, beqiyos detallashtirish va ranglar hosil qilishning aniqligi bilan yuqori o‘lchamli surat yarata olish qobiliyati tufayli ko‘plab mutaxassislarning kutgan natijalaridan-da oshiqroq ehtiyojlariga javob bera oladi.
LG Ergo ofis xodimlari va ko‘p vaqtini kompyuterda o‘tkazuvchilar uchun ishlab chiqarilgan. Tirgakni stolga mustahkamlash va monitorni balandligi hamda egilishini sozlovchi diapazon bilan moslashtirish ish o‘rnini ideal tarzda personallashtirishga yordam beradi. LG Ergo tagligini foydalanuvchiga yoki devorga yaqinroq qilib surish, ko‘z darajasiga teng ravishda ko‘tarish yoki stol ustiga tushirib qo‘yish mumikn. Uni hattoki butunlay qayirgan holda ofisdagi hamkasbimizga ekranni ko‘rsatishimiz mumkin. Ergo monitorini yanada doimiy qulay foydalanish uchun kerakli burilish burchagi bilan zarur balandlik va masofada o‘rnatish mumkin.
USB-C interfeysining mavjudligi bir vaqtning o‘zida 4K o‘lchamli suratlarni yuborish, ma'lumotlarni tez uzatish va birgina qulay kabel orqali noutbukni zaryad qilish uchun tezkor quvvatni ta'minlab beradi. LG Ergo'da ko‘proq bo‘sh joyni ochib bergan holda monitorlar uchun odatiy taglik o‘rnini qisqich egallaydi, shu bilan birga One Click montaj tizimi monitorni o‘rnatishni tezroq va yengilroq qiladi.
LG UltraGear 2020 o‘yin monitorlari
Yangi LG UltraGear (27GN950, 34GN850 va 38GN950 modellari) o‘yin monitorlari aql bovar qilmas tezlik va betakror tasvir sifati tufayli erishgan displeylar lineykasining benuqson obro‘sini tasdiqlaydi. Joriy yilda, avvalroq LG o‘yin monitorlari 1 ms GTG ta'sirli (kulrangdan kulrangga) birinchi IPS-displeylarni namoyish etdi. Shu bilan birga tezkor va yuqori sifatli tasvirlar bo‘yicha shoxsupani bir pog‘ona balandga ko‘tardi.
CES Innovation Award mukofotining yana bir sohibi, 27-dyuymli UltraGear 4K UHD (27GN950 modeli) monitori 144 Gs yangilanish chastotasi va 160 Gs gacha tezlashish kuchiga ega 1 ms Nano IPS-displeyi bilan maqtana olishi mumkin. Mazkur modelda ranglar uzatish aniqligini oshirish uchun apparat kalibrlash imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan.
Bor-yo‘g‘i birgina DisplayPort kabeli 4K tasvirlarni qayta ishlashda deyarli yo‘qotishlarsiz ish samaradorligini ta'minlash uchun VESA Display Stream Compression (DSC) texnologiyasiga ulanishni ta'minlab beradi. Qo‘shimchasiga boy, yorqin tasvirlar va ajoyib tezlik bilan birgalikda VESA DSC texnologiyasi HDR va NVIDIA G-SYNC® ga ham mos keladi, shuningdek, adaptiv sinxronizatsiya texnologiyasi va kadrlar tezligining o‘zgaruvchan chastotasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘yinga sho‘ng‘ish effektini ko‘chaytirish maqsadida yaratilgan UltraGear 34GN850 va 38GN950 modellarida 1 ms ta'sirli va 160 Gs 2 yangilanish chastotali katta IPS-displeylar o‘rnatilgan. 27GN950 va 38GN950 modellari qoyilmaqom o‘yin tajribasini ta'minlab beradi, ular VESA DisplayHDR™ 600 sertifikatsiyasidan o‘tgan bo‘lib, 34GN850 modeli esa VESA DisplayHDR 400 standartiga javob beradi. Har ikki monitor ham nafaqat yaxshiroq ko‘rinuvchi, balki yanada mustahkam va chidamli bo‘lgan mukammal taglik bilan jihozlangan.
2020 yilning LG UltraWide monitori
Ko‘p yillar davomida keng ekranli monitorlar olamida yetakchi bo‘lib kelgan LG kompaniyasi displeylar ilg‘or texnologiyasi sohasida o‘z tajribasini ishga soldi va 38-dyuymli QHD+ egiluvchan 38WN95C monitorini o‘ylab topdi. CES Innovation Award mukofotini qo‘lga kiritgan modelda NVIDIA G-SYNC ko‘tara oluvchi 1 ms ta'sirli va 144 Gs yangilanish chastotasiga ega Nano IPS displeyi o‘rnatilgan.
Monitor Thunderbolt™ 3 ga ulanuvchi interfeys bilan jihozlangan va har qanday ish o‘rniga ajoyib qo‘shimcha sifatida xizmat qiladi. LG ning yangi UltraWide monitori ekran maydoni bir vaqtning o‘zida kodni yozib olish, har qanday kontentni tahrirlash va tomosha qilish uchun keng imkoniyatlarni ta'minlagan holda 16:9 Full HD (1920 x 1080) monitoriga nisbatan uch barobar kattaroqdir, Bundan tashqari, Nano IPS DCI P3 ranglar maydonining 98 foizini, ya'ni misli ko‘rinmagan tabiiy va real tasvirni ta'minlaydi. Monitor VESA DisplayHDR 600 sertifikatsiyasiga ega.
«Bizning 2020 yilgi monitorlar liniyamiz professional ish samaradorligi darajasi, tasvir sifati va tezligi tufayli barcha kutilgan natijalarni oqlaydi, – dedi janob Chan Ik-xvan (Jang Ik-hwan), LG IT-biznes bo‘linmasi rahbari. – LG Ergo foydalanuvchilar uchun yangi qiymatga ega bo‘lib, o‘zining ajoyib sozlanuvchi tagligi tufayli qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, 27-dyumli UltraGear 4K modeli eng yaxshi o‘yin jarayoni uchun qoyilmaqom tasvir sifatini ta'minlab beradi, UltraWide 38-dyuymli ekrani esa LGning 21:9 formatidagi betakror sifat an'analarini davom ettiradi».
LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook: fb.com/LGUzbekistan
Instagram: @LGUzbekistan
Telegram: t.me/lguzbekistan
Reklama huquqi asosida