Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov sohaning iqtisodiyotdagi roli haqida gapirib o‘tdi.
«Butun dunyoda xalqning farovonligi kapital bozori orqali akkumulyatsiya qilinadi. Klassik jihatdan, O‘zbekiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarda bank sektori ana shu rolni o‘ynaydi. Biroq bank sektorining o‘z limitlari mavjud. Bank sektori investitsiyalarning jami sektorini moliyalashtira olmaydi. Xatarli, yirik investitsiyalar, startaplar bor. Kapital bozori ana shuning uchun mavjud. Ayrim mamlakatlarda bank sektori mablag‘ jalb etish uchun kapital bozoridan mustaqil ravishda foydalanadi.
Har qanday mamlakat, jumladan O‘zbekiston iqtisodiyotini ham kreditlash hisobidan moliyalashtirib bo‘lmaydi. Pul, mablag‘ allokatsiyasi aynan kapital bozorida optimal muhitda yuz beradi. Kapital bozori ana shu moliyaviy resurslarni aynan kim yaxshi qo‘llay olishini aniqlaydi», – dedi Nazirov kapital bozorini rivojlantirishning 5 yillik strategiyasi taqdimotida.