AQSh, Xitoy yoki Koreya: 2019 yilning eng mashhur smartfoni qaysi?

Fan-texnika 21:40 / 25.12.2019 31788

Apple kompaniyasi har yili bozordagi raqobatchilarinikiga nisbatan yaxshiroq flagman taqdim etishga qancha tirishmasin, xaridorlar o‘z diqqatini baribir birinchi navbatda arzonroq taklifga qaratishadi.

Ma'lum bo‘lishicha, yilning eng ommabop mobil gadjeti bir yil oldin taqdim etilgan iPhone XR bo‘ldi. 

iPhone XR ishlab chiqarilgan kundan (2018 yil sentabr) boshlab har chorakda yetakchilikni saqlab kelmoqda.

Bu gadjetning umumiy bozordagi ulushi 3 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, ushbu model bozorning barcha mintaqalarida Apple'ning eng muvaffaqiyatli gadjeti hisoblanadi. iPhone XR'ga bo‘lgan yuqori talabni saqlab qolish uchun kompaniya narxni Xitoy va boshqa bir qator bozorlar uchun moslashtirishga majbur bo‘ldi, ammo bunday strategiya faqat uzoq muddatda o‘z samarasini berdi — smartfon yetakchi mavqeni egalladi va hozirgacha uni boy bermoqchi emas. Ammo 2019 yilda chiqarilgan iPhone 11 hali ham mashhurlikka erisha olmayapti — top-10'da beshinchi qatorni egallay olgan, xolos (bozor umumiy ulushining 1,6 foizi). Nisbatan qimmat bo‘lgan iPhone 11 Pro va ayniqsa iPhone 11 Pro Max eng ko‘p sotib olingan o‘ntalikka kira olmadi. 

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Samsung Galaxy A10 (bozorning 2,6 foiz) va Samsung Galaxy A50 (1,9 foiz). 

Yana bir Samsung yettinchi qatorda joylashgan — bu Galaxy A20 (1,4 foiz). Bu gadjetlarning barchasi A seriyasiga mansub bo‘lib, o‘rta bozor segmentida yaxshi xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi, shuningdek arzon narxda. Taniqli brend bilan bir qatorda ushbu ikki omil xaridorlarga manzur keldi va bu yilgi tanlovni Janubiy Koreya kompaniyasi foydasiga amalga oshirishiga turtki bo‘ldi.

Reytingning boshqa o‘rinlarida xitoylik ishlab chiqaruvchilarni ko‘rish mumkin. To‘rtinchi, oltinchi va sakkizinchi qatorlarni Oppo markasining A9, A5s va A5 qurilmalari egalladi. Xiaomi Redmi A7 to‘qqizinchi o‘rinda, Huawei P30 esa o‘ninchi va ro‘yxatdagi yagona flagman.

Oktabr oyi oxirida, Canalys tahlil kompaniyasi mobil qurilmalar savdosi bo‘yicha hisobotni taqdim etdi va dunyo smartfon bozori ikki yil ichida birinchi marta o‘sdi — 1 foizga. 

2019 yilning uchinchi choragida 78,9 million dona qurilma sotgan Samsung sotilgan smartfonlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga ko‘p. 

Shu bilan birga, Samsung'ning mobil gadjetlar bozoridagi ulushi 22,4 foizni tashkil etdi. 

Ikkinchi o‘rinni egallagan Huawei 66,8 million dona gadjet sotishga erishdi, o‘tgan yilga nisbatan 29 foizga ko‘paygan. Xitoy ishlab chiqaruvchilarining bozordagi umumiy ulushi 19 foizni tashkil etdi. Apple kuchli uchlikka kirgan kompaniyalar orasida savdo pasayishini namoyish etgan yagona kompaniya bo‘ldi, sotish hajmi 7 foizga kamayib, 43,5 million donani tashkil etdi. Jahon bozorida «olma»ning ulushi 12,3 foizga teng bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: