Toshkent shahrida 2019 yil 23 dekabridan 2020 yil 10 yanvarigacha ayrim ko‘chalar qisman yopildi.
Poytaxt hokimligi ko‘chalar ro‘yxatini e'lon qildi:
Buyuk Turon ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Mustaqillik shoh ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.