Toshkent shahrining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 09:30 / 24.12.2019 4015

Toshkent shahrining ba'zi hududlarida ta'mirlash ishlari sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yil 25 dekabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani, «So‘g‘diyona» MFY «So‘g‘diyona» ko‘chasidan o‘tgan yer osti gaz quvurida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, 1-2-3- Zarunar tor ko‘chalaridagi jami 98 ta, 1-2-3-4-So‘g‘diyona tor ko‘chalaridagi jami 80 ta aholi xonadonlari, mazkur hududda joylashgan «Agrover», «Aroma Poradays», «Bo‘ston plyus», «Azamat Servis», «Bimaks logistika», «Uzteks» kabi ulgurji gaz iste'molchilari soat 11:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi. 

Qayd etilishicha, ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

«Hududgazta'minot» ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: