Qashqadaryoda YTH: «Damas» haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi

Jamiyat 10:28 / 24.12.2019 11967

2019 yil 22 dekabr kuni soat 01:00larda, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1249-km.da yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatiga ko‘ra, haydovchi, G‘uzor tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.N. “Damas” rusumli avtomobilini boshqarayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan holda yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan J.B. boshqaruvidagi “Man” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi B.N. voqea joyida halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: