Farg‘onada YPX inspektoriga tegishli avtomashinani tosh bilan urgan fuqaro 14 sutkaga qamaldi

Jamiyat 10:21 / 24.12.2019 7684

Farg‘onada YPX inspektoriga tegishli avtomashinani tosh bilan urib, pachoqlagan fuqaroga 14 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Postda.uz’ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilgan.

Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 16:30larda fuqaro S.V. mast holatda avtomobil boshqarib Bag‘dod tumani Sho‘roqer qishlog‘ida joylashgan maktab oldiga kelib to‘xtaydi. Ortidan tuman IIB YPX inspektori ham yetib keladi. Sababi aniq, haydovchining yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlanishi inspektorda shubha uyg‘otgan edi.

Shu joyda YPX inspektori haydovchiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘ladi. Ammo haydovchi avtomobilni o‘zi boshqarmaganligini bahona qilib, maktab binosiga kirib ketadi. Avtomobil esa jarima maydoniga olib ketiladi. Maktabdan qaytib chiqqan S.V. avtomashinasi olib ketilganligidan jazavaga tushib, shu yerda turgan YPX inspektoriga tegishli avtomashinani tosh bilan urib pachoqlaydi.

S.V. sudda o‘sha kuni mast holatda o‘zini boshqara olmaganligini, huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini aytib ko‘rsatma berdi. Bag‘dod tumani ma'muriy sudi esa unga 14 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinladi.

Ko‘proq yangiliklar: