Britaniyalik erkakdan 9,5 kilogrammlik buyrak olib tashlandi

Britaniyada shifokorlar Deyv Uotli ismli erkakdan 9,5 kilogramm keluvchi buyrakni olib tashlashdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
2002 yilda erkakka buyraklar polikistozi kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Ushbu kasallik tufayli erkakning buyragi vazni unda suyuqlik bilan to‘lgan qopchalar shakllangani sababli oshib ketgan.
7 yil avval Uotlidan 7,5 kglik buyrak olib tashlangan. 2 yildan keyin unga donor buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan. Joriy dekabrda esa erkakning ikkinchi kasal buyragi olib tashlandi. Uning diametri 30 smga yetgan. Deyvning aytishicha, u jarrohlik amaliyotigacha o‘zini go‘yoki “uch bolani ko‘tarib yurgandek”, undan keyin esa yengillik his qilgan.
“Ular ulkan ish qildilar va endi men ancha xushbichimroq ko‘rinaman”, deb shifokorlarning ishini yuqori baholagan Deyv.
53 yoshli erkakdan olib tashlangan buyrak katta yoshli odamning me'yordagi buyragidan 120 marta og‘irroq bo‘lgan. Ayni vaqtda ulkan buyrakni Ginness rekordlar kitobida qayd qilishga taraddudlanmoqda.
Mavzuga oid

14:44 / 20.02.2025
The Times: Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin

09:45 / 17.02.2025
Britaniya bosh vaziri Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga tayyor

18:16 / 04.02.2025
Buyuk Britaniyada zudlik bilan 120 mingta zirhli nimcha chaqirib olinadi

13:46 / 04.02.2025