Uber hammuassisi o‘zining kompaniyadagi 90 foizdan ortiq ulushini sotdi

Fan-texnika 17:45 / 23.12.2019 2743

Uber Technologies servisining hammuassisi va sobiq bosh direktori Trevis Kalanik yetti hafta ichida o‘zining kompaniyadagi 2,5 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi, bu uning 90 foizdan ortiq ulushini tashkil etadi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Nashrning yozishicha, agarda u aksiyalarini shu tarzda sotishda davom etadigan bo‘lsa, yaqin kunlar ichida kompaniya kapitalidan to‘liq chiqib ketadi.

Kalanik Uber aksiyalarini noyabr oyi boshlarida sotishni boshlagandi. U aksiyalarini sotishni 18 dekabrga qadar har kuni davom ettirdi. Uning nima uchun bunday qilayotgani noma'lum.

WSJ manbalarining bildirishicha, u anchadan buyon kompaniyaning hozirgi rahbariyati hamda 2017 yilda uni bosh direktor lavozimidan ketishga majbur qilgan aksiyadorlarning harakatlaridan norozi edi.

Kalanik 2017 yilda aksiyadorlarning bosimi ostida Uber bosh direktorligini tark etgandi. U oshxonalar qurish va ularni faqatgina taom yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan restoranlarga ijaraga berishga ixtisoslashgan CloudKitchens startapini rivojlantirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: