Volgogradda ichida 36 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus “Kamaz” bilan to‘qnashib ketdi

Jamiyat 18:46 / 21.12.2019 47576

21 dekabr kuni Volgograd viloyatining Chernishkovskiy tumanida “Mercedes-Bens” rusumli avtobus va “KamAZ” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Krasnodar shahridan O‘zbekistonga yo‘l olgan avtobusda 41 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 36 nafari O‘zbekiston fuqarolari.

Barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman kasalxonasiga yetkazilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar yo‘q.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va tegishli muassasalar bilan aloqa o‘rnatdi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Qorachoy Cherkasiya, Checheniston, Shimoliy Osetiya Respublikalari, Stavropol o‘lkasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya, Qalmoq Respublikalari, Krasnodar o‘lkasi, Astraxan, Volgograd, Rostov viloyatlari) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakatimiz bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-863-285-50-57.

Ko‘proq yangiliklar: