Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi

Jamiyat 08:00 / 21.12.2019 8508

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi 2019 yil 20 dekabr kuni Ryazan viloyati (Rossiya) hududidagi M-5 trassasida KIA va Captiva avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi OAV xabarini tasdiqladi. 

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan va «Shilovsk» markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgani aytiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

Ko‘proq yangiliklar: