Toshkent shahrining uch tumanida gaz ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat 08:33 / 19.12.2019 7727

Toshkent shahrining Yashnobod, Mirobod va Bektemir tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 20 dekabr kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Bektemir tumani, Bektemir yo‘li ko‘chasidagi gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan qator manzillarda gaz ta'minoti vaqtincha tarmoqdan uziladi. 

Yashnobod tumani aholi iste'molchilari:

- “Katta qo‘yliq” MFY;
- To‘yona ko‘chasi.

Ulgurji iste'molchilar:  

- “Avtosalon”;
- “Dosmakor-Gulbahor” klinika;
- “Shprits” sexi;
- “Navro‘z” kafesi;
- “To‘yona baraka” kafesi.

Mirobod tumani aholi iste'molchilari:

- Xushnud ko‘chasi;
- Istiqbol ko‘chasi;

Ulgurji iste'molchilar:

Issiqlik markazi “Ts-6”;
Xushnud va Istiqbol ko‘chalari;

Bektemir tumani aholi iste'molchilari:

- Nurafshon ko‘chasi;
- Istiqbol ko‘chasi;

Ulgurji iste'molchilar:  

-  “Qo‘yliq ota” non zavodi;
- “Makro” supermarket;
- “Avto vaz” MChJ;
- XT “Ko‘klamchi vodiy”;
- Qog‘oz sexi;
- Ulgurji bozor;
- AGNKS “Gaz zapravka”;
- AGNKS “Bektemir”;
- Qo‘yliq bozor ichidagi oshxonalar;
- “Kompass” supermarketi;
- “Shefer klub”;
- “Servis Saida” kafesi;
- Toshkent motors;
- “Premium avto”;
- MJBK;
- DEO Park;
- Jasmin Aliks.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: