Zangiotada tuman hokimligi xodimi va MChJ rahbari yer maydonini 120 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi

Jamiyat 15:15 / 18.12.2019 18925

2019 yil 17 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va “M.G.S.” MChJ rahbari M.S. o‘zaro jinoiy til biriktirib, jamiyatga tegishli bo‘lgan Zangiota tumani, “Qatortol” qishlog‘i, “Navro‘z” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: