Apteka.uz yangi saytni ishga tushirdi va shifokorlar uchun aksiya e'lon qiladi

Jamiyat 09:39 / 18.12.2019 4145

O‘zbekistonning taniqli farmatsevtika portali Apteka.uz bu yil saytning yangi versiyasini va farmatsevtlar bilan shifokorlar uchun bir qator foydali xizmatlarni ishga tushirdi. Portal 2020 yilda o‘zining 15 yilligini nishonlashi munosabati bilan shifokorlar uchun aksiyani e'lon qiladi. Aksiya doirasida Sharm al-Shayxga ikki kishilik sayohat yutish imkoniyati mavjud.

O‘z faoliyatini 2005 yilda boshlagan Apteka.uz portali farmatsevtika sohasi vakillari va shifokorlar uchun farmatsevtika sohasidagi asosiy ma'lumot manbai hisoblanadi. Hozirgi kunda portalda 6500 ga yaqin turli xil mutaxassislikdagi shifokorlar ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek 10 mingdan ortiq dorilar haqida ma'lumotlar berilgan. 2019 yilda portal jamoasi yangi veb-saytni, shuningdek farmatsevtika sohasi vakillari va shifokorlar uchun bir qator foydali xizmatlarni ishga tushirdi.

Ushbu xizmatlardan biri “e-Shifokor” – telegram bot shaklida yaratilgan shifokorlarning virtual yordamchisidir. Apteka.uz portali ushbu telegram botini o‘z telefoniga o‘rnatib, bir nechta savollarga javob bergan barcha shifokorlar orasida sovrin turistik yo‘llanma bo‘lgan aksiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Aksiya tafsilotlari bilan tanishish uchun telegram botga ulanish kerak. “e-Shifokor”ni shu yerda o‘rnatish mumkin.

Bepul bo‘lgan “e-Shifokor” xizmati O‘zbekistonlik shifokorlarga professional ma'lumotlardan istalgan joyda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Respublikamiz shifokorlarida internetga ulangan kompyuter bo‘lmagan taqdirda ham, aksariyat shifokorlar Telegram messenjerli smartfonlarga ega. Shuning uchun “e-Shifokor” xizmati tibbiy xodimlar uchun foydali ma'lumotlarni, hatto respublikamizning eng chekka hududlarida ham taqdim etadi. “e-Shifokor” loyihasi dori-darmonlar, kasbiy tadbirlar haqidagi ma'lumot, hamda shifokorlar uchun ish takliflari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Yaqin kelajakda ushbu xizmatga shifokorlar uchun foydali bo‘lgan boshqa ma'lumotnomalarni qo‘shish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: Apteka.uz farmatsevtika portali “Salomatlik” mavzusida O‘zbekistonda eng ko‘p tashrif buyuriladigan sayt hisoblanadi. Yil davomida portal xizmatlaridan 2 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Apteka.uz dori-darmonlar va boshqa tibbiy mahsulotlar, farmatsevtika kompaniyalari va O‘zbekiston farmatsevtika bozori to‘g‘risida, sohadagi mahalliy va xorijiy yangiliklar va boshqa ko‘plab ma'lumotlarni taqdim etadi.

2019 yildan boshlab Apteka.uz portali Amedia Online Group tomonidan boshqariladi. Ushbu korxona boshqaruvi ostida shuningdek Prom.uz savdo platformasi, Top.uz, Stroyka.uz va boshqa loyihalar mavjud.

“e-Shifokor”ga ulanish: @eshifokor_bot 

Sayt: apteka.uz

Bog‘lanish uchun: @aptekalivebot

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: