AQSh josuslikda gumonlangan xitoylik ikki diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Jahon 14:43 / 16.12.2019 4609

AQSh hukumati 2019 yil sentyabrda Virjiniya shtatidagi harbiy bazaga noqonuniy kirishga uringan ikki nafar xitoylik diplomatni maxfiy ravishda o‘z hududidan chiqarib yubordi, deb xabar berdi The New York Times.

Nashrning yozishicha, ular Xitoy razvedkasiga ishlashda gumonlanmoqda.  

Diplomatlar turmush o‘rtoqlari bilan maxsus harbiy bazaga kelgan. Obektga kirishda ularning ichkariga kirish uchun ruxsatnomasi yo‘qligi ma'lum bo‘lgan. Ammo ular ichkariga kirishga urinishgan.

Vashingtonning taxminicha, diplomatlar shu tarzda bazadagi xavfsizlikni ta'minlash tizimi qanday ishlashini aniqlashga uringan. Xitoyliklar esa bazani qo‘riqlayotgan harbiylarning gapini tushunishmaganini aytishgan.

Ko‘proq yangiliklar: