10 yillikning eng muhim gadjetlari e'lon qilindi

Fan-texnika 17:39 / 16.12.2019 7486

Time jurnali so‘nggi o‘n yillikdagi eng ko‘zga ko‘ringan qurilmalar ro‘yxatini tuzdi. Ushbu reyting texnologiya sohasiga eng katta ta'sir ko‘rsatgan va kundalik hayotimizni o‘zgartirgan gadjetlarni o‘z ichiga oladi.

Birinchi o‘rin 2010 yil iPad planshetiga berildi, nashrning ta'kidlashicha, u shaxsiy kompyuterlar sohasida madaniy siljishlarga olib keldi va keyingi o‘n yillik portativ qurilmalargi yo‘nalish vazifasini o‘tadi. 

Ikkinchi o‘rinni butun avtomobilsozlik sanoati rivojlanish yo‘lini asta-sekin o‘zgartirgan Tesla Model S (2012) elektr avtomobili egalladi. U o‘z raqobatchilarini batareyali kelajakni qabul qilishiga majbur qildi va elektr mashinalar shiddatkor bo‘la olishini isbotladi.

Uchinchi qatorda Raspberry Pi (2012) bir platali kompyuteri qayd etilgan. Raspberry Pi «O‘zing uddala» yangi yorqin ekotizimi uchun asosga aylandi. Ushbu mitti kompyuter negizida meteostansiyalar, retro konsollar, aqlli dinamiklar, bulutli serverlar va boshqalar yaratilgan. 

Time versiyasi bo‘yicha eng yaxshi 10ta gadjet quyidagicha:
1. iPad (2010)
2. Tesla Model S (2012)
3. Raspberry Pi (2012)
4. Google Chromecast (2013)
5. DJI Phantom (2013)
6. Amazon Echo (2014)
7. Apple Watch (2015)
8. Apple AirPods (2016)
9. Nintendo Switch (2017)
10. Xbox Adaptive Controller (2018)

Ko‘proq yangiliklar: