O‘zilning so‘zlaridan keyin Xitoyda «Arsenal» - «Manchester Siti» o‘yini translatsiyasi bekor qilindi

Sport 18:00 / 15.12.2019 25431

Xitoyning «CCTV» davlat telekanali Angliya Premer-ligasi 17-turi doirasidagi «Arsenal» - «Manchester Siti» uchrashuvi translatsiyasini bekor qildi, deya xabar bermoqda «Bloomberg».

«Markaziy uchrashuvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etish o‘rniga ushbu telekanal orqali APL doirasida sal avval yakunlanadigan «Vulverhempton» - «Tottenhem» uchrashuvi yozib olingan holda namoyish etiladigan bo‘ldi.

«CCTV»ning qarori «Arsenal» futbolchisi Mesut O‘zilning ijtimoiy tarmoqlardagi fikriga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Turk millatiga mansub germaniyalik futbolchi Xitoydagi uyg‘urlar repressiyasiga qarshi chiqib, uyg‘urlar insonlarni islomdan ajratmoqchi bo‘lganlarga qarshi yolg‘iz kurashayotganligini, boshqa musulmon davlatlar esa sukut saqlashayotganligi haqida gapirgandi» - deyiladi manbada.

Ko‘p o‘tmay, «Arsenal» klubi rasmiy bayonot bilan chiqib, bu futbolchining o‘ta shaxsiy fikri ekanligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: