Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya hukumati Evo Moralesni hibsga olishga order beradi
Yaqin kunlarda Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Moralesni hibsga olish to‘g‘risida order chiqariladi. Bu haqda mamlakatning vaqtincha prezidenti Janin Anes ma'lum qildi.

«U (Morales) ortga (Boliviyaga) qaytsa xalq oldida, adliya idoralariga javob berishi kerakligini yaxshi biladi. Yaqin kunlarda uni hibsga olish to‘g‘risida order chiqariladi, biz tegishli so‘rovni yuborganmiz», - dedi Anes jurnalistlarning savollariga javoban.
Shu bilan birgalikda, u Morales qachon istasa Boliviyaga qaytishi mumkinligi, chunki uning o‘zi mamlakatdan ketishga qaror qilgani haqida aytib o‘tdi.
Payshanba kuni Argentina TIV Morales Argentinaga kelgani haqida ma'lum qilgandi. Avvalroq u ushbu mamlakat hukumatidan boshpana so‘ragandi.
Shu kunlarda Argentinadagi Expreso de Salta nashri Morales Argentinadagi Boliviya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan San-Ramon-de-la-Nueva-Oran shaharchasida istiqomat qilishi haqida xabar tarqatdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, u shu yerdan turib «Sotsializmga tomon harakat» partiyasidan 2020 yilgi prezidentlik kampaniyasini boshqarmoqchi.
Evo Morales va Boliviyaning boshqa yuqori lavozimdagi rahbariyati shu yilning 10 noyabrida prezidentlik saylovlarining bahsli natijalari tufayli 19 kun davom etgan siyosiy noroziliklardan keyin iste'foga chiqqan. Mamlakatda Senat spikerining ikkinchi o‘rinbosari Janin Anes prezident vazifasini bajarishga kirishib, yangi hukumatni shakllantirgan. Morales bu hodisani «fuqarolar tomonidan davlat to‘ntarishi» deb atagan va mamlakatda barqarorlik saqlanishi uchun iste'foga ketayotganini ma'lum qilgan.
Iste'fodan keyin Morales Meksikaga yo‘l oldi. 7 dekabr kuni sobiq prezident tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Kubaga yo‘l olgani ma'lum bo‘ldi.
Noyabr oyi oxirida Janin Anes 20 oktabr kungi prezidentlik saylovlari natijasini bekor qilib yangi umumxalq saylovi o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Avvalroq ushbu qonun loyihasi Boliviya parlamenti tomonidan bir ovozdan ma'qullangandi.
Mazkur qonun loyihasi amalda Moralesning keyingi saylovlarda qatnashish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.
Bi-bi-si nashri uchun bergan intervyusida Morales AQSh elchixonasi unga fitna uyushtirganini ta'kidlab, AQShni davlat to‘ntarishi tashkillashtirishda ayblagandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi

22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi

17:12 / 23.09.2024