«Arsenal» «Siti»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, «MYu» esa ochko yo‘qotdi

Sport 23:56 / 15.12.2019 9098

Turning markaziy uchrashuvida «Arsenal» Londonda «Manchester Siti»ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

«Emireyts» stadionidagi o‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi. De Bryuynening 2-daqiqadayoq kiritgan tezkor golidan keyin mehmonlar hisobni ochgan bo‘lishsa, 15-daqiqada aynan uning uzatmasidan so‘ng Sterling hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.

40-daqiqada esa katta sahnaga yana De Bryuyne chiqdi. Kevinning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi oldida Leno yana ojiz qoldi – 0:3.

Birinchi bo‘limdagi yirik hisob o‘yin yakunigacha saqlanib qoldi va ushbu g‘alaba bilan 3-o‘rindagi Pep Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalidagi ochkolari sonini 35taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Lester» (39) bilan oradagi farqni 4tagacha qisqartirishdi.

«Arsenal» esa 17-turdan keyin 22 ochko bilan hozircha 9-o‘rinda qolmoqda. Dushanba kungi turning so‘nggi o‘yini «Kristall Pelas» - «Brayton» bahsi mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlangan taqdirda, «Kanonirlar» 10-o‘ringa tushib ketishlari mumkin.

«Old Trafford»da kechgan «MYu» - «Everton» uchrashuvida durang qayd etilgan bo‘lsa, «Vulverhempton» - «Tottenhem» o‘yinida Joze Mourino shogirdlari so‘nggi daqiqada safardan g‘alaba bilan qaytishdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Tottenhem» 17 o‘yinda qo‘lga kiritilgan 26 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib oldi. Ochko yo‘qotgan «MYu» esa 25 ochko bilan 6-o‘ringa tushdi.

APL. 17-tur. 15 dekabr (yakshanba)
Manchester Yunayted – Everton 1:1
Gollar:
0:1 – 36, o‘z dar. Lindelef, 1:1 – 77 Grinvud.
MYu – De Xea, Uan-Bissaka, Shou, Lindelef, Maguayr, Lingard (Grinvud, 65), Maktomini, Jyeyms (Mata, 86), Fred, Marsyal, Reshford.
Everton – Pikford, Mina, Koulmen, Din (Beyns, 25), Xolgeyt, Bernard (Kin, 70), Ivobi, Risharlison, Devis, Kin, Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirishlar: Devis (5), Risharlison (57), Lindelef (66).

Vulverhempton – Tottenhem 1:2
Gollar:
0:1 – 8 Lukas Moura, 1:1 – 67 Traore, 1:2 – 90 Vertongen.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Doerti, Koudi, Moutinyu, Dendonker, Ruben Nevesh, Saiss, Traore, Diogu Jota, Ximenes.
Tottenhem – Gassaniga, Vertongen, Ore, Alderveyreld, Sanches, Dayyer, Lukas Moura, Sissoko, Alli, Son Xyon Min, Keyn.
Ogohlantirishlar: Moutinyu (60), Sanches (64), Kastro (65), Alderveyreld (69), Saiss (75), Dayyer (77).

Arsenal – Manchester Siti 0:3
Gollar:
0:1 – 2 de Bryuyne, 0:2 – 15 Sterling, 0:3 – 40 de Bryuyne.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Kolashinats (Saka, 40), Chembers, Meytlend-Naylz, O‘zil (Smit-Rou, 59), Genduzi, Pepe, Torreyra, Martinelli, Obameyang.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Mendi, Uoker, Fernandino, Gyundogan (Marez, 70), Foden (Bernardu Silva, 56), de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling, Gabriel Jyezus.
Ogohlantirishlar: Fernandino (17), Rodri Ernandes (35), Gyundogan (61), Mendi (62), Papastatopulos (72).

17-turning 9ta uchrashuvidan keyin APL turnir jadvalidagi holat:

Ko‘proq yangiliklar: