Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 10:00 / 13.12.2019 1304

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining uchrashuvi tashkil etiladi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi (MOPDMM) tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda Afg‘oniston tashqi siyosat idoralari vakillari mintaqaviy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini va MOPDMM bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

Ko‘proq yangiliklar: