AQSh telekanali O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmlar namoyishini boshladi

O‘zbekiston 09:40 / 13.12.2019 7251

AQShning SNBC telekanalida O‘zbekistonga bag‘ishlangan 6 ta hujjatli film namoyishi boshlandi. Namoyish 8 dekabrdan boshlangan.   

Filmlar O‘zbekistonda oxirgi yillarda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardan tortib O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlaridagi ijobiy o‘zgarishlar tahliligacha bo‘lgan turli mavzularga bag‘ishlangan. 

Filmlar amerikalik taniqli jurnalist va boshlovchi Rayan Chilkot tomonidan suratga olingan. U bu maqsadda O‘zbekistonga uch marta, Afg‘onistonga bir marta kelgan.

Yana uchta film CNBC uchun hujjatli filmlar suratga olish bilan shug‘ullanuvchi Imotus britan kinokompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

“O‘zbekistonlik hamkorlar – EOAVMA va “O‘zbekkino” bilan birgalikda yaratilgan hujjatli filmlar xalqaro hamjamiyatda katta ijobiy rezonans uyg‘otishi va yangi O‘zbekiston, jumladan Markaziy Osiyodagi katta ko‘lamli o‘zgarishlar haqida dunyoga so‘zlay olishiga umid qilamiz”, deb aytgan Belgrave kompaniyasining xalqaro kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Fred Xarrison.

Uning aytishicha, bu filmlar “xalqaro auditoriyaga haqiqiy O‘zbekistonni namoyon qiladi”.

O‘z navbatida, “O‘zbekkino” bosh direktori Firdavs Abduholiqov O‘zbekistonda yuz berayotgan katta ko‘lamli va muhim o‘zgarishlar xorijda tan olinayotgani va bu xursand qilishini aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: