O‘zbekiston - Italiya sammiti o‘tkaziladi

O‘zbekiston 11:05 / 12.12.2019 2153

2019 yilning 11 dekabr kuni Rim shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya Respublikasi bosh vazirining diplomatik maslahatchisi, elchi Petro Benassi bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalar muhokama qilindi.

Bo‘lajak O‘zbekiston-Italiya sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi, uning mazmunli qismi va shartnomalar loyihalari batafsil ko‘rib chiqildi, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Vatikan vakili bilan uchrashgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: