Moskvada ijtimoiy so‘rov: migrantlar O‘zbekistondagi saylov haqida qanday fikrda?

O‘zbekiston 04:12 / 12.12.2019 25129

Bugun, 12 dekabrdan boshlab Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga saylov kunida o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.

Ayni jarayonlar 12-18 dekabr kunlari O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi 55ta saylov uchastkasida ham bo‘lib o‘tadi.

Shu kunlarda Rossiyada bo‘lib turgan Kun.uz muxbirlari 11 dekabr kuni Moskva shahrida ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, O‘zbekiston fuqarolarining mazkur siyosiy jarayonga munosabatini o‘rgandi.

Ta'kidlash joiz, so‘rovda respondentlarning aksariyatida vakillik organlariga saylovlar haqida yetarlicha ma'lumot yo‘qligi, fuqarolik huquqlaridan foydalanish istagi yuqori emasligi ma'lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov asosan 22 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: