BMT Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga Eron hujum qilganini tasdiqlay olmadi

Jahon 07:35 / 11.12.2019 6926

BMT sentyabrda Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujum vaqtida qo‘llangan raketa va dronlar Eronga tegishli bo‘lganini ayni vaqtda tasdiqlay olmaydi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ma'lum qildi. 

“Ayni vaqtda bu hujumda qo‘llangan raketa va dronlar Eronga tegishli ekanini mustaqil asosda tasdiqlashning imkoni yo‘q”, deb yozgan Guterrish BMT Xavfsizlik kengashiga taqdim etilgan hisobotda. 

Hujjatda BMT mutaxassislari hujumda qo‘llangan qurol qoldiqlarini o‘rganib chiqishgandan so‘ng shunday fikrga kelganlari aytilgan.

Shu bilan birga hisobotda hujum joyida topilgan qurolning tahlil qilinishi davom ettirilishi ta'kidlab o‘tilgan. 

14 sentyabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni davlat neft kompaniyasi Saudi Aramco’ning 2 ta korxonasiga hujum amalga oshirilgan. Hujum uchun javobgarlikni yamanlik husiychilar o‘z zimmalariga olishgan.

Biroq AQSh, Yevropa davlatlari va Saudiya Arabistoni hujumda Eronni ayblagan. Eron esa bu hujumlarga aloqador emasligini ta'kidlab keladi.

Ko‘proq yangiliklar: