2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi - IIV

O‘zbekiston 14:10 / 11.12.2019 16009

O‘zbekistonda fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro press-klub sessiyasida ma'lum qilindi.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov so‘zlariga ko‘ra, kelgusida fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi.

“2021 yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi va fuqarolar elektron tartibda ro‘yxatga olinib, ID kartalardan foydalaniladi”, - dedi Sh. G‘iyosov.

O‘z navbatida, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakili Kamola Hamidova partiya hozirgi propiska tizimi bo‘yicha qanday pozitsiyada ekanini aytib o‘tdi.

“Adolat sotsial-demokratik partiyasi hozirgi fuqarolarni propiska va ro‘yxatga olish tizimidan norozi”, - dedi K. Hamidova.

Ko‘proq yangiliklar: