Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 yoshli Greta Tunberg Time talqini bo‘yicha «Yil odami» deb topildi
Shvetsiyalik iqlim himoyachisi Greta Tunberg AQShdagi Time jurnali talqini bo‘yicha «Yil odami» deb topildi.

«U dunyoviy harakatga yetakchilik qilib sayyoramiz oldida turgan eng katta muammo to‘g‘risida joriy yilda hammadan balandroq gapirdi», - dedi Time jurnali bosh muharriri Edvard Felzental NBC telekanalining Today ko‘rsatuvida.
«Yil odami» unvoniga da'vogarlarning yakuniy ro‘yxatidan Tunberg bilan birga AQSh prezidenti Donald Tramp, AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, Donald Trampga qarshi impichment jarayoni boshlanishiga sababchi bo‘lgan MRBning maxfiy axborotchisi va Hongkongdagi ommaviy namoyishlar qatnashchilarining jamlamasi joy olgandi.
Tunberg butun dunyoda ekofaol va «Iqlim uchun maktab ish tashlashi» harakatining asoschisi hisoblanadi. 2019 yilda uning nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surilgan.
23 sentyabrda Greta BMT minbarida turib jahon yetakchilarini uning bolaligini o‘g‘irlashda ayblagandi. Tunbergning so‘zlariga ko‘ra, jahondagi yetakchilar faqat «pul va iqtisodiy o‘sish to‘g‘risidagi ertaklarnigina o‘ylashadi».
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47 / 11.07.2025
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23 / 11.07.2025
Mavzuga oid

17:45 / 11.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi

11:09 / 09.06.2025
Isroil G‘azoga ketayotgan va bortida Greta Tunberg bo‘lgan kemani qo‘lga oldi

09:19 / 09.06.2025
Isroilda Tunberg bo‘lgan kemani G‘azoga kiritmaslik haqida buyruq berildi

22:15 / 04.09.2024