«Rostov» «Spartak»ni yirik hisobda yengdi, Shomurodovda ikkita golli uzatma

Sport 10:00 / 09.12.2019 8373

Rossiya chempionatida 19-turning markaziy o‘yini Moskvada bo‘lib o‘tdi.

Birinchi davraning so‘nggi turi doirasida «Spartak» mehmoni bo‘lgan «Rostov» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda qozog‘istonlik Baxtiyor Zaynuddinov dubl qayd etgan bo‘lsa, Chistyakov va Ionov bittadan gol urishdi. Eldor Shomurodov birinchi va ikkinchi gollarga assistentlik qildi va ikkinchi bo‘lib o‘rtalarida zaxiraga olindi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Rostov»ning ochkolari soni 34taga yetdi va Valeriy Karpin jamoasi turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Spartak» esa 10-o‘ringa tushib ketdi.

Spartak – Rostov 1:4
Gollar: 
0:1 – 22 Zaynutdinov, 0:2 – 53 Ionov, 0:3 – 79 Chistyakov, 1:3 – 81 Ponse, 1:4 – 83 Zaynutdinov.
Spartak – Maksimenko, Zobnin, Kral, Djikiya, Melgarexo, Til (Shyurrle, 72), Umyarov, Bakayev, Larsson, Mirzov (Bakayev, 79), Ponse.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Xadjikadunich, Chernov, Popov, Normann, Ionov (Dolgov, 90), Bayramyan, Zaynutdinov (Saplinov, 87), Shomurodov (Sigurdarson, 74).
Ogohlantirishlar: Popov (18), Jikiya (38), Kral (42), Umyarov (77), Saplinov (90).

Ko‘proq yangiliklar: