KXDR vakili Trampni besabr va qari deb atadi

Jahon 19:48 / 09.12.2019 10223

KXDRning Osiyo-Tinch okeani hududida tinchlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kim Yon Chxol AQSh prezidenti Donald Trampni qari va besabr deb atadi.  

"Hozirda Donald Tramp qari va besabr inson ekanligini ko‘rish mumkin", - dedi Kim Yon Chxol. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, "Tramp KXDR to‘g‘risida ko‘p narsani bilmaydi va uning fuqarolarining yo‘qotadigan narsasi yo‘q". 

"5 dekabr kungi ogohlantirishimizga qaramasdan, Amerika yetakchisining noo‘rin va xavfli gaplari to‘xtamadi. Agar u shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen Inning Amerika prezidenti to‘g‘risidagi fikri o‘zgarishi mumkin", - dedi Kim Yon Chxol. 

7 dekabr kuni Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda KXDR AQShdagi bo‘lajak prezident saylovlariga aralashmasligiga umid bildirdi.

Ammo ertasiga o‘zining Twitter sahifasida "agar Kim Chen In dushmanona harakat qiladigan bo‘lsa, barcha narsadan ayrilishi mumkin"ligini yozdi.

Ko‘proq yangiliklar: