Sport sohasi uchun yangi ta'lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi

Sport 09:38 / 07.12.2019 3559

2019 yil 5 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli ta'lim muassasalarida futbol klublari, sport ta'lim muassasalari uchun sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport diyetologi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda respublikadagi 20ta OTMda 15ta ta'lim yo‘nalishi hamda 17ta OTMda 128ta sport mutaxassisligida kadrlar tayyorlanmoqda.

Joriy o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida sport yo‘nalishida bakalavriatning kunduzgi shakliga 3 660 nafar, sirtqi ta'limga 1 535 nafar hamda magistratura mutaxassisligiga 128 nafar - jami 5 323 nafar talaba qabul qilindi, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: