Surxondaryoda va Samarqandda YPX xodimlari yo‘l harakati ishtirokchilariga Konstitutsiya kitobini tarqatishdi

Jamiyat 23:44 / 06.12.2019 6113

Termiz shahridagi markaziy avtoshohbekatda hamda «Manguzar» YPX maskanida viloyat IIB YHXB rahbariyati tashabbusi bilan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar, yo‘lovchilarni tabriklashdi.

YHXB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik I.Soipov boshqarmaning bayram tabrigini yo‘llab, yo‘llarda odamlardan hamisha yo‘l harakati qoidalariga amal qilib yurishlarini so‘rab, Konstitutsiya kitobchasi hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga targ‘ib qiluvchi bukletlar tarqatildi.

Xuddi shuningdek, Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ham Konstitutsiya kuni oldidan fuqarolarga 500 nusxa bosh qomusimiz tarqatildi.

O‘z muxbirimiz.

Ko‘proq yangiliklar: