EPSILON: «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida tegishli ishlar olib borilmoqda

Iqtisodiyot 17:34 / 06.12.2019 5538

Ishlar jarayonida ekspluatatsiya quduqlarining samaradorligini oshirish, qidiruv ishlari va yangi istiqbolli uglevodorod konlarini aniqlash, ularni o‘zlashtirish hamda qazib chiqarilayotgan xomashyo hajmini ko‘paytirishga urg‘u berilmoqda. 

Shimoliy Kultak va Ilm konlaridagi ikkita quduqda 6 dekabr kuni qo‘llanilgan GRP usulidan so‘ng, ularning kunlik debiti 160 ming kub.m gaz hajmini tashkil etdi.

Shimoliy Kultak-82 qudug‘ining debiti 40 dan 100 ming kub.m gaz hajmigacha ortdi.

Ilm-11 qudug‘ining debiti 0 dan 60 ming kub.m gaz hajmigacha ortdi.

Ishlar yakunlangach, atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararli ta'sirga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, reagentlardan foydalanilgan holda yondosh hududdagi tuproqda rekultivatsiya o‘tkaziladi.

Gaz uzatish quvurlarining uchta yo‘nalishida qurilish ishlari davom ettirilmoqda:

  • «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km);
  • «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
  • «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km).

Quvur tortish ishlarining sur'ati kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etib, ishlar kecha-yu kunduz olib borilmoqda.

«Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» yo‘nalishidagi gaz uzatish quvurlari pnevmatik sinovlarga tayyorlanmoqda.

6 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 30,5 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 17,8 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 57 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 72 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 15,5 km.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: