Apple 2020 yilda 5ta yangi iPhone modelini taqdim qiladi - OAV

Fan-texnika 19:29 / 06.12.2019 7270

2020 yilda Apple kompaniyasi birdaniga 5 ta yangi iPhone modelini chiqaradi. Bu haqda Min-Chi Kuo ismli insayder ma'lum qildi. 

Avvalroq kompaniya yangi gadjetini 2020 yil bahorida chiqarishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone 4,7 dyuymli suyuq kristalli ekran, A13 protsessori, 3 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Unda bor-yo‘g‘i bitta kamera bo‘ladi.

Qolgan 4 ta yangi model kompaniyaning an'anaviy kuzgi taqdimotida namoyish qilinadi. iPhone 12 modeli 5,4 dyuymli, 12 Pro va 12 Plus variantlari 6,1 dyuymli ekranlar oladi.

Ma'lum qilinishicha, iPhone 12 Plus modeli 6 Gb tezkor xotira va uchta kamera bilan jihozlanadi.

Shuningdek, 6,7 dyuymli displeyga ega iPhone 12 Pro Max modeli taqdim qilinadi. 

Bundan tashqari, yangi iPhone’lar OLED-ekranlar bilan jihozlanadi va 5G tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlay oladi.

Ko‘proq yangiliklar: