Lukashenko Belarus hech qachon hech bir davlat tarkibiga kirmasligini aytdi

Jahon 16:39 / 05.12.2019 7764

Belarus hech qachon hech bir davlat, hattoki Rossiya tarkibiga ham kirmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika parlamenti a'zolari bilan uchrashuvda aytdi.

"Biz hech qachon hech bir davlat, hattoki Rossiya tarkibiga ham kirishga harakat qilmaganmiz va kirmaymiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BelTA agentligi.

"Bu bizning mamlakatimiz. Biz suveren va mustaqilmiz. Bu bilan faxrlanish kerak", - deb ta'kidladi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk Belarusga zarar yetkazadigan integratsion hujjatlarni imzolamaydi.

"Bugungi kunda Rossiya bilan muzokaralarda siyosat, diplomatiya va boshqalar to‘g‘risida gap ketmayapti" – deya qayd etdi Belarus prezidenti.

Ko‘proq yangiliklar: