Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rejalarimizdan biri - plastik kartalardan voz kechish» - Dekabr oyi oxirida HUMOPay ishga tushirilishi kutilmoqda

Bugun, 3 dekabr kuni, Ground Zero markazida HUMO va Mastercard to‘lov tizimlari hamkorligida amalga oshirilgan qulay to‘lov shakli haqida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov HUMO to‘lov tizimiga oid yangiliklar, qilingan ishlar yuzasidan ma'lumot taqdim etdi.
«HUMO to‘lov tizimi joriy yilning may oyida ishga tushirildi. 7 oy ichida nimalarga erishdik?
Banklar bilan hamkorlikda butun respublika bo‘ylab 170 mingdan ortiq terminallarni ishga tushirdik. 2,2 milliondan ortiq HUMO kontaksiz kartalari orqali to‘lovlarni osongina amalga oshirish mumkin. Mingdan ortiq bankomatlar ishlayapti. Ularning soni yana oshiriladi. Yetti oy mobaynida tizimda 2,5 trln so‘m pul mablag‘i aylanmasi amalga oshirildi. HUMO bankomatlari orqali Visa, Mastercard xalqaro kartalaridan naqd pul olish imkoniyati yaratildi.
Kelajakdagi rejalarimizdan biri - plastik kartalardan voz kechishdir. Dekabr oyi oxirida HUMOPay tizimini ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Qo‘lingizdagi telefon orqali to‘lovlarni onlayn amalga oshiringiz mumkin bo‘ladi. Keyingi rejalarimizdan biri plastik karta o‘rniga maxsus stikerlarni naqdsiz to‘lov vositasiga aylantirishdir. Siz bu stikerni doim yoningizda olib yuradigan buyumlarga, masalan, telefon, qo‘l soati, hamyonga yopishtirishingiz mumkin bo‘ladi. Plastik kartani yo‘qotib qo‘yish xavotiri bo‘lmaydi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qurbonovning qo‘shimcha qilishicha, bolalar uchun plastik karta orqali to‘lov amalga oshirish bir qancha noqulaylik olib keladi: yo‘qotib qo‘yish, bexosdan sinib qolish holatlari bo‘lishi mumkin. Shuni hisobga olib, plastik karta o‘rniga maxsus aqlli soat, bilaguzuklardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni yaqin orada ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi
O‘zbekiston | 20:48
-
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV
Jahon | 20:08
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
Mavzuga oid

16:02 / 11.03.2025
Shuhrat Qurbonov Humo boshqaruvi raisi lavozimidan ketdi

09:00 / 04.11.2024
“Chet elda keshbek”ga qanday ega bo‘lish mumkin: Mastercard'ning yangi dasturi bo‘yicha gid

16:35 / 19.10.2024
“Hamma mamlakatda ham rasmiy vakolatxona ochavermaymiz” - Mastercard vakili

19:00 / 23.01.2024