Gadjetlarning quvvatlash qurilmalari gadjetlarsiz elektr toki rozetkalariga ulangan holda ham elektr energiya sarflaydi. Bu haqda elektronika bo‘yicha mutaxassis Andrey Yakovlev ma'lumot berdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, bunda sarflanadigan elektr energiya “cho‘ntakka” katta zarar yetkazmasa-da, biroq xavfsizlik haqida unutmaslik lozim.
Yakovlevning aytishicha, rozetkaning o‘zi ham sizib ketish toklari hisobiga elektr energiya sarflashi mumkin.
“Rozetkaga gadjetlarsiz ulangan quvvatlagich ham boshqa elektr asbobi kabi energiya sarflaydi, biroq juda oz miqdorda. Uni hech qachon rozetkadan chiqarmasangiz ham, bu sarflanayotgan elektr energiyaga katta ta'sir ko‘rsatmaydi. Biroq muammo boshqa narsada. Xavfsizlik haqida unutmaslik lozim. Har qanday iste'mol bloki rozetkaga “salt” ulanganda tezroq ishdan chiqishi mumkin”, deb ogohlantirgan mutaxassis.