Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish keyingi yil ham davom ettiriladi

Iqtisodiyot 14:20 / 03.12.2019 2791

O‘zbekistonda Fuqarolik kodeksi yangi tahrirda ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, kodeks loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 5 apreldagi F-5464-son farmoyishida belgilangan.

Fuqarolik kodeksining yangi tahrirda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi quyidagilarga imkon beradi:

iqtisodiyotni yanada liberallashtirishning huquqiy asoslarini yaratish;

iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish;

mulkdorlar huquqlari himoyasining kuchaytirilishi va iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvor rolini ta'minlash;

ishbilarmonlik muhitini va investitsion iqlimni yaxshilash;

mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish;

2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan boshqa vazifalarni hal qilish.

Mas'ul ijrochilar - Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 1 aprel, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 1 may.

Ko‘proq yangiliklar: