IIV Ohangaronda piyodani urib yuborib, YTH joyidan yashiringan haydovchini qidirmoqda

Illyustrativ foto
2019 yil 2 dekabr kuni tonggi soat 05:30larda “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan 6-kilometrida noma'lum haydovchi noma'lum transport vositasini boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabariga ko‘ra, hodisadan so‘ng haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda olgan og‘ir darajadagi tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi va 117-modda 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda noma'lum haydovchini aniqlash yuzasidan qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ushbu holat yuzasidan biror-bir ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan jinoyatni fosh etishda amaliy yordam ko‘rsatishlarini hamda (71)-267-63-79, (71)-267-63-15 yoki (98)-309-87-88 telefoniga qo‘ng‘iroq qilib mavjud ma'lumotlarni taqdim etishlarini so‘ragan. Ma'lumot taqdim etgan fuqaroning shaxsi oshkor etilmaydi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

10:11 / 06.07.2025
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

08:30 / 04.07.2025
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

21:14 / 29.06.2025
Ohangarondagi suv taqchilligi: fermerlar kanaldagi qo‘shimcha quloqlardan norozi

19:33 / 04.03.2025