Buxoro-Moskva yo‘nalishida uchgan samolyot Samaraga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

O‘zbekiston 18:50 / 03.12.2019 11475

Uzbekistan Airways’ning 2 dekabr, dushanba kuni Buxoro—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY-607 reys yo‘lovchisi, O‘zbekiston fuqarosi J.Sh.ning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli, samolyot Samara shahrining «Kurumoch» aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, samolyot qo‘nib, birinchi zarur tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, yo‘lovchi sog‘lig‘i holati barqarorlashgani sababli shifoxonada davolanishdan voz kechgan.

Bosh konsulxona mazkur fuqaro bilan bog‘langan. U o‘zini yaxshi his qilayotgani bois yerusti transportida safarini davom ettirmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: