O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni o‘zgarmadi

Sport 16:20 / 28.11.2019 6832

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy jamoalarning noyabr oyi reytingini e'lon qildi. 

Unda O‘zbekiston milliy jamoasining o‘tgan oyga nisbatan o‘rni o‘zgarmadi va 1289 ochko bilan 85-o‘rinda bormoqda. 

Osiyo mintaqasida Vadim Abramov shogirdlari 12-pog‘onani egallab turibdi. Biz Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Xitoy, Suriya va Ummondan orqada bormoqdamiz.

Jahon reytingini 1765 ochko bilan Belgiya milliy jamoasi boshqarib turibdi. Fransiya (1733) va Braziliya (1712) milliy jamoalari kuchli uchlikni yakunlab berishgan.

Ko‘proq yangiliklar: