«O‘zbekneftgaz» va «Tatneft» qo‘shma korxona tashkil etishning asosiy shartlarini kelishib oldi

Foto: O‘zbekneftgaz
Tatariston Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz”da O‘zbekistonda neft va gaz sanoati sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish uchun “Tatneft” bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda “Andijonneft” konlarida (Andijon, Polvontosh, G‘arbiy Polvontosh) neft qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishning asosiy shartlari kelishib olindi.
Shuningdek, qo‘shma korxonaning ta'sis hujjatlarini tayyorlash va ro‘yxatga olishni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar Toshkent yaqinidagi investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilishni, shuningdek, Toshkent shahridagi “Tatneft” brendi ostidagi AYoQShni rekonstruksiya qilish va ishga tushirishni tezlashtirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?

22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

18:04 / 14.09.2024