Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i shaxsiy akkaunt orqali biznesni yuritish va tovarlarni sotish uchun asboblar to‘plami — biznes-profillarni ishga tushirib yubordi. Ular orasida — tovarlar vitrinasini yaratish, tadbirkorlar bilan aloqa tugmachalari va yangiliklar tasmasi ustida kontent bloklarini qo‘shishdir.
Endilikda xususiy tadbirkorlar, shu jumladan biznesni endi boshlayotgan va o‘z nomidan biznesni yurituvchi barcha odamlar avval faqat OK guruhlariga foydalanish imkoni bo‘lgan targ‘ibot qilish asboblaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, tovarlarni sotish, o‘z saytingizni targ‘ib qilish, telefon raqami bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish va o‘z sahifangizda auditoriyaning faolligini tahlil qilish imkoni mavjud.
Shunday qilib, ijtimoiy tarmoqdagi o‘z profilingiz orqali tovarlar vitrinasi yordamida shaxsiy internet-do‘konlarni yaratgan holda o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlangan kiyim- kechak va aksessuarlarni sotish mumkin. Shuningdek profildagi tasma ustida aks etib turuvchi (foto, video, ommabop yoki biriktirib qo‘yilgan maqolalar) blokni tanlab olib, profil muqovasi va sahifa ko‘rinishini sozlash mumkin. Tasma ustidagi kontent bloklari muhim mahsulotlar, anonslar va maxsus takliflarga urg‘u berish imkonini beradi. Bundan tashqari, biznes-profilda potensial xaridorlar osongina sotuvchi bilan bog‘lanishi yoki saytga o‘tishi uchun harakatning ikki tugmachasiga ulab qo‘yish mumkin. Tadbirkorlar, shuningdek, barcha shaxsiy profillarda kirish imkoni bo‘lgan statistika yordamida auditoriya faolligini tahlil qila olishlari mumkin.
Biznes-profilni maxsus ravishda ulashning hojati yo‘q: allaqachon OK iOS va Android ilovalarida va ijtimoiy tarmoq veb-versiyasida shaxsiy profillarning sozlanmalarida barcha uning imkoniyatlaridan foydalanish imkoni mavjud. Yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish uchun tovarlarni shunchaki qo‘shib qo‘yish, ularning aks ettirilishini yoqib qo‘yish, sahifa yangiliklar tasmasi ustidan kontent bilan blokni tanlab olish, sozlanmalarda tez harakatlarning tugchalarini sozlab chiqish yetarli.
OK da o‘zlarining shaxsiy profillariga mijozlarni jalb qilish uchun tadbirkorlar ushbu yozda paydo bo‘lgan ijtimoiy tarmoq ichidagi reklama kabinetidan foydalanib qolishlari mumkin. Intuitsiyaviy ravishda tushunarli interfeys tufayli kirishning bor-yo‘g‘i 400 rubl minimal chegarasi bilan hattoki professional ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan har qanday foydalanuvchi reklamani joylashtira olishi mumkin.
Anton Fedchin, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbari:
Biznes-profillarni ishga tushirish bilan biz OKda kichik biznes va tadbirkorlar uchun ekotizimni rivojlantirishda yana bir qadam qo‘ydik. Endi ijtimoiy tarmoqda shaxsiy profilni biznes yuritish uchun sahifa va sotuvlarning to‘laqonli kanaliga aylantirish mumkin. Yangi asbob kimning biznesi mutaxassisning ismi bilan bog‘liq bo‘lib turgan bo‘lsa, masalan, repetitor, kinolog yoki fitnes bo‘yicha trener uchun foydali bo‘ladi. Boz ustiga biznes-profil asboblari agar akkaunt egasi oldida profilni yuklab olish va unga mijozlarni jalb qilish vazifasi turgan bo‘lsa, shaxsiy brendni rivojlantirishda yordam berishadi.