Kiberxavfsizlik bo‘yicha amerikalik ekspert Vinni Troyya ijtimoiy tarmoqlarning 1,2 mlrd nafar foydalanuvchilariga oid ma'lumotlar bazasini aniqladi. Bu haqda Wired xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ma'lumot Google Cloud bulutli servisida joylashtirilgan. Unda Facebook, Twitter, LinkedIn va Github foydalanuvchilariga oid ma'lumotlar, 50 mlnga yaqin uy va uyali telefonlar raqamlari, 622 ta elektron pochta manzili qayd etilgan.
Ma'lumotlarning katta qismi People Data Labs kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Kompaniya asoschisi Shon Torn kompaniya ma'lumotlar topilgan servisdan foydalanmasligini bildirdi.
Wired nashri ushbu bazadagi olti foydalanuvchiga oid ma'lumotlarni tekshirib ko‘rdi, ma'lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlandi.
Troyya bu haqda Federal qidiruv byurosiga ma'lum qilgan. Bir necha soatdan so‘ng server o‘chirilgan va ma'lumotlar bazasiga kirish imkoni yo‘qolgan.