Xiaomi har soniyada bittadan smartfon ishlab chiqaradi

Fan-texnika 10:34 / 22.11.2019 8493

Pekinda 2019 World 5G Convention tadbirida Xiaomi kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqariluvchi yangi zavodi ishga tushirilishini e'lon qildi. Yangi  zavodning o‘ziga xos jihati shu bo‘ladiki, unda yig‘ish liniyasi zamonaviy texnologiyalar qo‘llangan holda to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Bu esa kompaniyaning mobil qurilmalariga katta talabni qondirishga imkon beradi. 

Yangi zavod quvvati har yili 1 mlnta smartfon ishlab chiqarishga imkon beradi. Biroq istiqbolda smartfonlar ishlab chiqarilishi bir soniyada bir smartfonga yetkaziladi, bu esa an'anaviy zavodlar ishlab chiqarish quvvatidan 60 foizga ko‘proqni tashkil qiladi. Innovatsion korxona qurilishi boshlab yuborilgan. U Pekin iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasida joylashadi. 

Xiaomi, shuningdek, 5G-smartfonlar yo‘nalishini rivojlantirmoqchi. Kelasi yil kompaniyaning 300 dollardan qimmatroq barcha qurilmalari 5G tarmoqlarida ishlay oladi.  

Jumladan, Xitoy kompaniyasi 5G-smartfonlarning 10 ta modelini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.    

Ko‘proq yangiliklar: