Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi e'lon qilindi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun ISAO xalqaro standarti talablariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarida, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalarida hamda va boshqa hujjatlarda foydalanish uchun zarurdir.
JShShIR – quyidagi tartibda joylashgan o‘n to‘rtta o‘n raqamidan iborat bo‘ladi:
2.1. guruh: Jinsi va tug‘ilgan asri indeksi
1 – 1800.1.01. – 1899.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
2 – 1800.1.01 – 1899.31.12 da tug‘ilgan ayollar;
3 – 1900.1.01 – 1999.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
4 – 1900.1.01 – 1999.31.12 da tug‘ilgan ayollar;
5 – 2000.1.01 – 2099.31.12 da tug‘ilgan erkaklar;
6 – 2000.1.01 – 2099.31.12 da tug‘ilgan ayollar.
2.2. guruh: Formatdagi tug‘ilgan sana: YYOOKK (yil, oy, kun).
2.3. guruh: Tuman, shahar kodi.
2.4. guruh: Ushbu kunda tug‘ilgan va ushbu tumanda, shaharda pasport yoki yashash guvohnomasini olgan olgan jismoniy shaxsning tartib raqami. Tartib raqami pasport yoki yashash guvohnomasini olish navbatiga muvofiq hisoblagich bo‘yicha hosil bo‘ladi.
2.5. guruh: Kontrol raqami. Kontrol raqami (14-pozitsiya) 10 moduli bo‘yicha doimiy ravishda takrorlanuvchi 731 731... salmoq funksiyasi bilan quyidagi tarzda hisoblanadi:
Raqamli ma'lumotlarning tegishli elementi raqami tegishli muntazam pozitsiyada turgan salmoq ko‘rsatkichiga chapdan o‘nga ko‘paytiriladi.
Har bir ko‘paytirish natijalari jamlanadi. Hosil bo‘lgan yig‘indi 10 (modul)ga bo‘linadi. Bo‘lishda qolgan qoldiq kontrol raqami hisoblanadi. Kodning haqiqiyligi tekshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga JShShIR DPM tomonidan ma'lumotlarni yig‘ish punktining talabnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi orqali taqdim etiladi.
JShShIR quyidagi hollarda beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga biometrik pasport berilganda;
chet elga chiqish munosabati bilan 16 yoshga to‘lmagan shaxsga xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirilganda;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi berilganda.
JShShIR chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga korxona, muassasa va tashkilotlarning so‘rovnomalariga asosan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini shakllantirish uchun beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga JShShIR ularning ma'lumotlarni yig‘ish punktiga qilgan og‘zaki murojaatlariga asosan beriladi.
JShShIR mavjud bo‘lmagan shaxslarga JShShIR quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan chet el fuqarolariga – chet el fuqarosining pasporti va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – harakatlanishi hujjati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – yashash guvohnomalari.
Ma'lumotlarni yig‘ish punkti operatori tomonidan jismoniy shaxsning biografik (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, JShShIR berish uchun asos bo‘ladigan hujjatining seriyasi va raqami, bergan organning nomi va sanasi) hamda biometrik (fotosurati va barcha qo‘l barmoq izlari) ma'lumotlari O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimiga kiritilib elektron talabnoma shakllantiriladi va token bilan tasdiqlanadi.
Token bilan tasdiqlangan elektron talabnoma O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi doirasida maxsus himoyalangan aloqa kanali orqali real vaqt rejimida DPMga jo‘natiladi.
Elektron talabnoma DPM tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng uch ish kuni ichida JShShIR shakllantirilib ma'lumotlarni yig‘ish punktiga elektron shaklda yuboriladi.
DPM tomonidan yuborilgan JShShIR ma'lumotlarni yig‘ish punkti operatori tomonidan muvofiq ma'lumotnoma shaklida chop etiladi va murojaat muallifiga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

09:47 / 15.07.2025
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

09:22 / 14.07.2025