Telegram va «VKontakte» asoschisi Pavel Durov o‘z Telegram-kanalida smarftonlardan WhatsApp ilovasini o‘chirib tashlashni maslahat berdi. Uning ta'kidlashicha, WhatsApp ilovasidan foydalanuvchilarning smartfonlaridagi fotosuratlar va yozishmalarni kuzatishda foydalaniladi.
«Facebook WhatsApp’ni sotib olishidan ancha ilgari josuslik dasturlarida ishtirok etgan. Kompaniya hozir ham o‘z siyosatini o‘zgartirmagan», — deydi Durov.
U shuningdek, WhatsApp hammuassisi Brayan Ektonga asoslanmoqda. Ekton o‘tgan yili Forbes USA’ga bergan intervyusida Facebook «katta pul evaziga o‘z foydalanuvchilari konfidensialligini sotganini» aytgandi.
May oyida WhatsApp’da virus va videoqo‘ng‘iroq yordamida foydalanuvchining smartfonidagi barcha ma'lumotlarni ko‘rish imkonini beruvchi jiddiy nuqson aniqlangandi.