Umar Nurmagomedov Toshkentda boshqa raqib bilan jang qiladi

Sport 19:33 / 20.11.2019 21540

Jang Toshkentdagi GFC20 musobaqasining bosh jangi bo‘lishi kutilayotgandi. 

Ta'kidlanishicha, Nikita Chistyakov Tailanddagi mashg‘ulot vaqtida boshqa bir necha sportchi bilan birga kon'yunktivit kasaliga chalingan.

Biroq shunga qaramay, Umar Nurmagomedov ishtirokidagi jang bo‘lib o‘tadi. Unga raqib sifatida argentinalik Brayn Gonzalez tayinlandi.

Umar Nurmagomedov dog‘istonlik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi hisoblanadi. 

GFC20 musobaqasi 23 noyabrda Humo Arena’da bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga Xabibning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: