Chimkentlik shifokor o‘zbekistonliklardan ichki a'zolar transplantatsiyasi uchun donor sifatida foydalangan

Jahon 12:57 / 20.11.2019 65037

Qozog‘istonning Chimkent shahridagi 1-sonli shahar klinik kasalxonasi bo‘limi bosh shifokori Abilay Donbay qo‘lga olindi va vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib ketildi.

Zakon.kz xabariga ko‘ra, u inson ichki a'zolarini noqonuniy ravishda transplantatsiya qilishda gumonlanmoqda.

Abilay Donbay

Donorlar sifatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari jalb qilingan, ular og‘ir moliyaviy ahvoli tufayli buyraklarini sotishga majbur bo‘lishgan, oluvchilar esa xorijiy mamlakatlarning, asosan Isroilning badavlat fuqarolari ekani aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, bundan avval shifokor transplantologlardan biri, shuningdek, jinoiy guruh a'zosi - Qirg‘iziston fuqarosi B.Taysalova qo‘lga olingan va qamoqqa joylashtirilgan.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishini sudga yuborish bilan tugatish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: