Vadim Abramov: «Biz ham Braziliyaga qarshi o‘ynagimiz keladi»

Sport 20:08 / 19.11.2019 31022

JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi «D» guruhi 6-turi doirasidagi O‘zbekiston – Falastin (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Avvalambor, g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin borasidagi fikrlaringiz....

- Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. O‘ylaymanki, bugungi g‘alabamiz barchaga zavq bag‘ishladi. Futbolchilarga rahmat, Saudiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan tezda chiqib keta olishdi va bugun barchasini nazorat qilishdi.

- Terma jamoamiz futbolchilari o‘yin oxiri sayin o‘yinni qo‘ldan berishayotgandek. Ayting-chi, o‘yinchilarning 70-80-daqiqalardan keyingi harakatlari nega bunday ko‘rinish olmoqda?

- Biz avvalo to‘pni nazorat qilishimiz kerak. Biroq futbolchilar o‘yin oxirida asosan o‘z maydonimizda qolib ketishdi. Biz ko‘proq raqib maydonida bo‘lishimiz kerak edi. Bu borada hali ishlashimiz kerak.

- Oleg Zoteyev va Odil Ahmedovning o‘yini borasida qanday fikrdasiz? Keyingi o‘yinlarda ham u markazda o‘ynaydimi?

- Yaxshi o‘ynashdi. O‘ylab ko‘ramiz, hali orada katta tanaffus bor. Jamoalar Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishadi. Kim qayerda yaxshi o‘ynasa, o‘sha yerda o‘ynaydi. Agar orqa chiziqda muammolarimiz bo‘lmasa, Odil o‘z o‘rnida o‘ynaveradi.

- O‘z vaqtida Yaponiyani safarda mag‘lub etgansiz. Hali ancha vaqt bo‘lsa-da, ayting-chi Saudiya Arabistonini safarda yuta olamizmi?

- Yaponiyani mag‘lub etganga qadar terma jamoada bir yarim yil ishlagandim. O‘sha o‘yingacha yaxshi sport formasida yetib kelsak, yutish mumkin.

- Terma jamoamizning tanaffusdan keyingi rejalari qanday bo‘ladi?

- Mart oyida menimcha, Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishganmiz. Ammo biz ham raqiblarimiz singari Braziliya, Paragvaydek jamoalarga qarshi o‘ynaganimiz keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: